Joriy yilning 7-fevral kuni taxminan soat 21:00da Samarqand viloyati “Qoʻriqlash” boshqarmasi xodimlari tomonidan Qorasuv massivi “Shodiyona” mahallasi hududida “Bedarak” deb eʼlon qilingan fuqaro A.M.topilib, shahar IIO XPB ga topshirilgan.

Maʼlum boʻlishicha pastdargʻomlik 13 yoshli A.M 30-yanvar kuni yashash xonadonidan sababsiz chiqib ketganligi sababli onasi T.M IIBga murojaat qilib, holat yuzasidan axborot bergan. 30-yanvar kunidan boshlab qizaloq “Bedarak” deb eʼlon qilingan.

Viloyat IIO hamda “Qoʻriqlash” xodimlarining tezkor saʼy-harakati tufayli qizcha ota-onasi bagʻriga sogʻ-omon qaytarildi.