Xalqaro turnir maqomida oʻtgan mazkur musobaqa starti 7 mamlakatdan tashrif buyurgan 300 nafardan ortiq sportchilarni jamladi. Musobaqaning ochilish marosimi ham oʻziga yarasha koʻtarinki ruhda oʻtdi. Unda Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Sportni rivojlantirish vaziri maslahatchisi Avaz Karimov, Milliy Paralimpiya qoʻmitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev va boshqa rasmiylar ishtirok etdi.
Marosimda soʻzga chiqqan Avaz Karimov hamda Oybek Kasimov Prezidentimizning mamlakatimiz aholisi orasida sogʻlom turmush tarzi targʻibotini kuchaytirish boʻyicha olib borayotgan siyosatida bu kabi musobaqalarning ahamiyati yuqori ekanini alohida taʼkidladi.
Shundan soʻng bellashuvlarga start berildi. Unda havaskor va professional atletlar oʻz yoʻnalishlarida gʻoliblik uchun bahs olib bordi. 5 va 8 kilometr masofadan iborat trassada ishtirokchilarni bir-biridan qiziqarli va murakkab mashqlar kutib turar edi. Yakunda quyidagi qatnashchilar oʻz yoʻnalishlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi:
Sprint men:
1-oʻrin: Rustam Choriyev
2-oʻrin: Javlonbek Yaxshiboyev
3-oʻrin: Elbek Rajabaliyev
Sprint woman:
1-oʻrin: Ruzanna Israyelyan
2-oʻrin: Renata Kapkayeva
3-oʻrin: Adelya Bugakova
Elite men:
1-oʻrin: Semyon Shadrin
2-oʻrin: Lev Razuvayev
3-oʻrin: Vladimir Donskov
Elite woman:
1-oʻrin: Yekaterina Datskovskaya
2-oʻrin: Anastasiya Feoktictova
3-oʻrin: Yekaterina Voronina
Team sprint:
1-oʻrin: Milliy gvardiya
2-oʻrin: “Community force”
3-oʻrin: Ichki ishlar vazirligi
Team elite:
1-oʻrin: “Akhmat”
2-oʻrin: “Savage”
3-oʻrin: “Buka”.
Musobaqa gʻolib va sovrindorlari munosib taqdirlandi.