O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federatsiyasining yillik – taqvim rejasidagi mazkur mamlakat kubogi bahslarida Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 300 ga yaqin yosh polvonlar g'oliblik uchun kurashdi.
Yuqori saviyada tashkil etilgan mamlakat kubogida o'g'il bolalar belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishida 11 vazn toifasida, qizlar esa erkin yo'nalishda 7 vazn toifasida g'oliblik uchun bellashdi.
Ikki kun davom etgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko'ra, quyidagi polvonlar o'z vazn toifalarida g'oliblikni tantana qilishdi.
Klassik yo'nalish. O'g'il bolalar
42 kg. – Oybek Sodiqov (Farg'ona)
46 kg. – Bunyod Rasulov (Farg'ona)
50 kg. – Hayotbek Kamoliddinov (Farg'ona)
55 kg. – Jamoliddin Ne'matullaev (Namangan)
60 kg. – Ismoil Umrzoqov (Namangan)
65 kg. – Fayozbek Abdug'afforov (Farg'ona)
71 kg. – Hasanboy To'xtasinov (Andijon)
77 kg. – Bekzod Kamoliddinov (Andijon)
83 kg. - Murodjon Sobirjonov (Namangan)
90 kg. – Oybek Muhammedov (Farg'ona)
+ 90 kg. – Bahodir Mehmonov (Farg'ona)
Erkin yo'nalish. Qizlar
44 kg. – Moldir Alimbaeva (Qoraqalpog'iston)
48 kg. – Zulayho Abdujabborova (Namangan)
52 kg. – YUlduz Abdullaeva (Sirdaryo)
57 kg. – Yasmina Sodiqova (Namangan)
63 kg. – Qizlarxon Husanova (Namangan)
70 kg. – Lazzat Tolipbergenova (Qoraqalpog'iston)
+ 70 kg. – O'g'iloy Salimova (Farg'ona)
O'g'il bolalar. Erkin yo'nalish.
42 kg. – Quvonch Ermuhammedov (Namangan)
46 kg. – Amirxon Abduqahhorov (Toshkent v.)
50 kg. – SHahzod Usmonov (Toshkent v.)
55 kg. – SHohjahon Mamatkarimov (Farg'ona)
60 kg. – Nodirbek Turg'unpo'latov (Namangan)
65 kg. – Hasanboy Abdusobirov (Farg'ona)
71 kg. – Jahongir Nizomiddinov (Namangan)
77 kg. - Ahmadali Soliev (Andijon)
83 kg. – Inomjon YAngiboev (Farg'ona)
90 kg. – Bobur Madaminov (Farg'ona)
+ 90 – Toshpo'lat Asadov (Buxoro)
Kuchli uchlikdan joy olgan polvonlar musobaqa tashkilotchilari tomonidan medal`, diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Bugun Bog'dod tumanidagi BO'SM stadionida belbog'li kurash bo'yicha Bog'dod tumani hokimi sovrini uchun kattalar o'rtasida 60, 70, 80, 90, +90 kg. vazn toifalari bo'yicha ochiq turnir tashkil etiladi.
Ilhom RAHMONOV tayyorladi