Yurtimizning boshqa hududlarida bo'lgani kabi Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi pillakorlar ham o'z mehnati samarasini ko'rmoqda.
Ushbu tumanning Mo'g'ol mahallasida faoliyat yuritayotgan “Tal'at-San'at Usmon” fermer xo'jaligi “kumush tola” xirmonini jamlab, belgilangan rejani ortig'i bilan bajarishdi.
Fermer o'ziga belgilangan 160 kilogramm davlat normasini 50 kilogramm ortig'i bilan bajardi.
Mavsumda birinchi bo'lib baraka hosilini topshirgan Tal'at Shodmonov singari fermerlar erishgan yuksak natija boshqalarga namuna bo'ldi.