Nizomga koʻra, 2026-yil 1-yanvargacha har yili pillani qayta ishlash va pilla qurti urugʻini ishlab chiqaruvchi korxonalarga ular tomonidan pilla boquvchilarga yetkazib berilgan har bir quti ipak qurti urugʻi uchun 120 ming soʻm miqdorida subsidiya ajratiladi.
Shunga koʻra:
- birinchi va ikkinchi mavsum uchun subsidiya oluvchilarning manzilli roʻyxati shakllantiriladi (20-maygacha);
- uchinchi va toʻrtinchi mavsum uchun Manzilli roʻyxat imzolanib, tasdiqlangan holda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasiga taqdim etiladi (20-avgustgacha);
- Qoʻmita subsidiyalar berish uchun ajratiladigan mablagʻlarni subsidiya oluvchining bank hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi (10 ish kunida).