2023-yilda 2849 quti ipak qurti, 2035 nafar kasanachilarga berildi. Natijada, 165 tonna pilla yetishtirish reja qilindi.
“KKR Ipak klaster” tomonidan pillani qayta ishlash fabrikasi 2022-yilda ishga tushirilgan boʻlib, Xitoy texnologiyasi asosida dastgohlar oʻrnatilgan. Doimiy 80 ta ish oʻrni yaratilgan. Bugungi kunda yiliga 750 ming dollarlik mahsulotlar Xitoy, Hindiston va Eron davlatlariga eksport qilinmoqda.
Mavsumda pilla yetishtirib, mehnat qilsa bir yillik ish staji yuritiladigan boʻlsa, tutzorlardan ajratilgan yerga aholi oʻzi uchun kerakli poliz ekinlarini ekib hosil oladi.
Pillaning daromadi esa sof foyda. Mavsum davomida 500 kilogrammgacha pilla topshirib, oilasiga daromad topayotgan ayollar bugun koʻpchilikni tashkil etadi. Ayniqsa, “Ayollar daftari”da turib, bandligi taʼminlanayotgan pillakor, kasanachi xotin-qizlarning bugunidan roziligiga guvoh boʻldik.