баннер
2 Mar 2025
04:32

    Xotin-qizlar pillachilik sohasida qisqa muddatli oʻquv kurslarida oʻqitiladi

    Bir oy muddatda Xitoy, Vyetnam, Hindiston va Yaponiya davlatlaridan ipakchilik sohasidagi mutaxassislarni xotin-qizlarning pillachilik sohasida qisqa muddatli oʻquv kurslariga jalb qilish choralari koʻriladi.

    Hukumatning “Xotin-qizlarning pillachilik sohasidagi bandligini bosqichma-bosqich taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (46-son, 29.01.2025-y.) qabul qilindi.

    Qarorga koʻra, xotin-qizlarni pillachilik sohasida qisqa muddatli oʻquv kurslarida oʻqitish va ularni sohaga jalb qilishning asosiy parametrlari hamda uni bosqichma-bosqich taʼminlash tizimini tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.

    Asosiy parametrlarga muvofiq qisqa muddatli oʻquv kurslarini tamomlagan xotin-qizlarning bandligi Prezidenti farmoniga muvofiq ustuvor ravishda pillachilik klasterlari, ipak qurti urugʻchiligi korxonalari, pillachilik va tutchilik yoʻnalishidagi fermer xoʻjaliklariga mavsumiy hamda doimiy ishlarga qabul qilish orqali taʼminlanadi.

    Bir oy muddatda Xitoy, Vyetnam, Hindiston va Yaponiya davlatlaridan ipakchilik sohasidagi mutaxassislarni xotin-qizlarning pillachilik sohasida qisqa muddatli oʻquv kurslariga jalb qilish choralari koʻriladi.

    Pillachilik sohasida band boʻlgan fuqarolarning maʼlumotlari “yangiish.mehnat.uz” platformasiga kiritib borilishi taʼminlanadi.

    Asosiy parametrlarga muvofiq pillachilik sohasida qisqa muddatli oʻquv kurslarini tamomlagan xotin-qizlarning doimiy va mavsumiy ishlarga qabul qilinganligi hisobi yuritiladi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech