Bu haqda hokimlik axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, yuqori natija pillakorlarning fidokorona mehnati, sohada
zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash hamda hudud iqlimiga mos serhosil mahalliy
navlardan samarali foydalanish hisobiga ta’minlangan.
Natijada har
bir qutidan o‘rtacha 60 kilogrammdan hosil olingan.
Mutaxassislar
ta’kidlashicha, pilla qurtini parvarishlashda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish,
sohada to‘plangan tajriba va mehnatsevarlik bugungi yuqori ko‘rsatkichlarda muhim
omil bo‘ldi.
Ayni paytda
viloyatdagi qabul punktlarida pilla hosilini qabul qilish ishlari uyushqoqlik bilan
davom etmoqda.