Poytaxt hokimligi axborot xizmati holat yuzasidan maʼlumot berdi.

2023-yilning 3-avgust kuni “Maxsustrans ICHB” DUKga qarashli boʻlgan maxsus konteyner avtomashinasi chiqindilarni Boʻzsuv kanalining Toshkent viloyati Zangiota tumanidan oqib oʻtuvchi yoʻnalishidagi hududlardan biriga tashlagani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Shuningdek, videoda mazkur tartibbuzarlik uchun haydovchi 1 650 000 soʻm miqdorida jarimaga tortilgani ham maʼlum boʻldi.

Toshkent shahar hokimligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, bu masala hokimlik hamda “Maxsustrans ICHB” DUK mutasaddilari bilan oʻrganildi. 

Maʼlum qilinishicha,bunday tartibbuzarlik uchun “Maxsustrans ICHB” DUK rahbari K.Nabiyevga ogohlantirish berilgan.

Chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlagan haydovchi J.M va bu ishga masʼuliyatsizlik bilan qaragan “Shayxontohur-Maxsustrans” ATF direktori F.M bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.