Mazkur tashabbus shu yilning 19-fevral kuni Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasida oʻtkazilgan Serbiya Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari — Iqtisodiyot vaziri Andreana Mesarovich bilan uchrashuvda yangradi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar elektrotexnika, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati va toʻqimachilik sohalarida qoʻshma loyihalarni faollashtirishga kelishib oldilar.

Muzokaralar davomida Savdo uylari mahsulotlarni ikki mamlakat bozoriga tizimli ravishda olib kirish va tovar ayirboshlash hajmini oshirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, Serbiyada “Made in Uzbekistan” milliy ekspozitsiyasini tashkil etish va tadbirkorlar oʻrtasida muntazam B2B uchrashuvlarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston va Serbiya Savdo-sanoat palatalari oʻrtasida Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish toʻgʻrisida bitim imzolandi. Kengash doimiy muloqot va amaliy hamkorlik uchun yangi platforma vazifasini bajaradi.

Erishilgan kelishuvlar oʻzaro savdo hajmini oshirish, investitsiyalarni koʻpaytirish va tadbirkorlar aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.