Mazkur advokatlarni ishga jalb etish inson omilisiz “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali tasodifiy tanlanadi.
Amalda davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishi uchun advokat faqat jinoyat ishlari boʻyicha surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sud tomonidan jalb etiladi. Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatgan advokatlar haqidagi maʼlumotlar ochiq va shaffof holda “Yuridik yordam” axborot tizimida eʼlon qilinadi.
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni elektron tanlash tizimi “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi qabul qilinib, tegishli protsessual qonun hujjatlariga oʻzgartirish kiritilganidan soʻng ishga tushiriladi. Bugungi kunda qonun loyihasi Oliy Majlis Senatida koʻrib chiqilmoqda.
Ushbu loyiha bilan davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatiladigan ishlar roʻyxatiga fuqarolik va maʼmuriy ishlarni kiritish orqali fuqarolarning bepul yuridik yordam olish imkoniyatlari yaratiladi. Bepul yuridik yordam koʻrsatish imkoniyatlari kengaytirilishi va shaffoflashtirilishi odil sudlovga erishish darajasini oshiradi, deb xabar beradi Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi