Ularning shikoyat qilishicha, hukumatning pandemiyaga qarshi qilayotgan choralari aholining shaxsiy erkinligiga daxl qilmoqda. Buni ustiga iqtisodiyotga jiddiy zarar ham yetkazilgan.
Namoyishga chiqqanlarning hech biri niqob taqish va oraliq masofani saqlash kabi karantin qoidalariga rioya qilmagan. Politsiya ularga qoidalarga amal qilish haqida ogohlantirish bergan, lekin qarshilik bildirolmagan. Politsiya namoyish tashkilotchilarini sudga berish tarafdori.
Koʻplab davlat mulozimlari va siyosatchilar infeksiyaga chalinish koʻrsatkichlari oʻsib borayotgan qiyin bir sharoitda namoyishchilarning bu chiqishini masʼuliyatsizlik deb baholadilar.
Koxa institutining maʼlumotlariga koʻra, Germaniyada bugun 955ta yangi holat qayd etilib, soʻnggi ikki oy ichidagi antirekord yangilandi.