"Besh tashabbus olimpiadasi": ikkinchi mavsum uchun 1 milliondan ko'proq yigit-qiz ro'yxatdan o'tdi

    Bu haqda AOKAda Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat va Sportni rivojlantirish vazirliklari rahbariyati ishtirokida o'tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

    Joriy yilning aprel-iyun oylari davomida ilk marotaba bo'tkazilgan "Besh tashabbus olimpiadasi"da 6,2 milliondan ortiq yoshlar ishtirok etib, 540 dan ziyod yigit-qiz tanlov va musobaqalarning respublika bosqichi g'olibi bo'ldi.

    "Besh tashabbus olimpiadasi"ning ikkinchi mavsumi doirasidagi tanlov va musobaqalarga arizalar joriy yil 10-avgustdan 9-sentyabrga qadar davom etadi.

    Yoshlar bevosita mazkur olimpiada doirasida madaniyat, san'at, sport, kitobxonlik, axborot texnologiyalari yo'nalishlari bo'yicha 14 dan ortiq tanlov va musobaqalarda ishtirok etishi mumkin.

    "Besh tashabbus olimpiadasi" musobaqalarini muntazam o'tkazib borish Prezidentimizning 2022-yil 11-apreldagi "Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori bilan yo'lga qo'yilgan edi.