Xizmat safari davomida Koreyaning davlat xizmati tizimi, iqtidorli kadrlarni ishga jalb qilish siyosati, kadrlarni rejalashtirish, davlat xizmatiga kirish imtihoniga tayyorgarlik, davlat xizmatchilarining zaxira tizimi, zaxirani rejalashtirish, nomzodlarni tayyorlash va baholash yoʻnalishlarida uchrashuv, seminar, treninglar rejalashtirilgan.

Bugun Dastur doirasidagi ilk uchrashuv — Koreya milliy kadrlar institutida tashkil etildi. Institut professorlari Koreya davlatida kadrlar tizimi va personal menejment boʻyicha taqdimot qilishdi.

Xizmat safari joriy yilning 19-noyabriga qadar davom etadi.