Qayd etilganidek, bugungi kunda Toshkent shahrida 5 million aholi boʻlib (doimiy yashovchi 2,9 mln, kunlik shaharga kelib ketuvchi 1,5 mln, vaqtinchali istiqomat qiluvchi aholi 0,5 mln), aholining soni yiliga oʻrtacha 100 mingtaga oshmoqda. Toshkent shahrida roʻyxatdan oʻtgan 760 ming avtotransport mavjud boʻlib (yiliga 76 mingtaga ortib bormoqda), transport vositalari doimiy harakatlanadigan asosiy yoʻl koʻcha tarmoqlari uzunligi 470 km boʻlib 380-400 ming avtotransport harakatlanishiga moʻljallangan. Shu bilan birga kunlik shaharga kirib chiquvchi avtotransport soni 160-220 ming boʻlib, kun davomida shahar yoʻllarida 1 millionga yaqin avtotransport navbatma-navbat harakatlanmoqda. Bu esa yoʻl tarmogʻining bir vaqtning oʻzida harakatlanish sigʻimidan 2 barobar koʻp boʻlgan avtotranportlar harakatlanmoqda.
Shu bilan birga, Toshkent shahrining bir nechta asosiy koʻchalarida olib borilayotgan qurilish taʼmirlash ishlari (asosan kommunikatsiya tarmoqlarini taʼmirlashlar) sababli harakat cheklanishi transport vositalari oqimining qayta taqsimlanishiga olib kelib, boshqa koʻchalardagi mavjud oqimga qoʻshimcha yuklama hosil boʻldi. Natijada shahardagi umumiy harakat tezligi, yigʻilib qolgan qoʻshimcha oqim hisobiga keskin tushib ketdi. Bu holat esa, oʻz navbatida, barcha koʻchalarda transport vositalari harakat tezligining pasayishiga va doimiy boʻlmagan tirbandlikning xosil boʻlishiga olib keldi.
Axolining kunlik harakatlanishga boʻlgan ehtiyoji 9 millionni tashkil etib, undan 3 millioni piyoda harakatlanish, 6 millioni transportda harakatlanishga toʻgʻri keladi. Transportda harakatlanishning 25%, yaʼni 1,5 millioni avtobus, metro mikroavtobuslarda, qolgan 4,5 millioni, shaharda kun davomida harakatlanadigan bir million avtotransportda amalga oshiriladi. Shaxsiy yengil transportlar soni boʻyicha bir kunda ikki marta (borish kelish) harakatlanishiga 2,25 ta yoʻlovchi toʻgʻri keladi.
Yuqoridagi sabablar, xamda transport oqimini samarali boshqaruv tizimi yoʻqligi, doimiy tirbandliklarda harakat tezligi 7 kmsoatgacha tushib ketishi, aholining yoʻlga sarflaydigan vaqti bundan 3 - 4 yil oldingiga nisbatan qariib ikki barobarga ortgani, buning ortidan sekin harakatlanayotgan transportlarning ortiqcha yoqilgʻi sarfi va zararli gazlarni chiqarishi natijasida iqtisodiy yoʻqotishlar ham ortib bormoqda. Aholini kunlik harakatlanishga boʻlgan ehtiyojini qondirish, bunda yoʻlga sarflanadigan vaqt va moddiy resurslar samaradorligini oshirishga, jahon tajribasiga koʻra, sifatli, qulay, xavfsiz va jozibador jamoat transporti tizimini joriy etish orqali erishiladi.
Takliflar
Shu maqsadda Toshkent shahrining uzunligi 29 km boʻlgan 8 ta asosiy transport arteriyalarida (A.Temur 6km, Shaxrisabz, Sh.Rustaveli Ya.Sergeli 15km, Samarkad darboza ,Qoratosh, Koʻkcha darboza, Beshqayragʻoch 8 km koʻchalarida) yoʻl boʻyi parkovkalarni tartibga solish, jamoat transporti harakat ustuvorligini taʼminlash, chorrahalarda harakatni tashkil etishni takomillashtirish transport oqimlarni muvofiqlashtiruvchi boshqaruvni joriy etish, piyodalar uchun toʻsiqsiz va xavfsiz muhitni yaratish boʻyicha qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish lozim. Beruniy koʻchasida muvofiqlashtirilgan svetofor boshqaruvini joriy etish orqali 2022-yilda boshlangan rekonstruksiya ishlarini mantiqiy yakuniga yetkazish zarur.
Vaqtga bogʻlangan soatlik, kunlik, uch, olti oylik va yillik limitsiz tariflar rejasini joriy etish. Bunda yoʻnalishlarda yoʻlkira uchun naqd pulda toʻlovlar boʻyicha tariflarni qayta koʻrib chiqish va ularni transport kartalari orqali toʻlov tarifiga nisbatan kamida 30 foizga yuqori etib belgilash.
Aglomeratsiya hududini shahar jamoat transporti tarmogʻi bilan, jumladan metro bekatlari bilan bogʻlaydigan, shahar tariflar rejasi asosida 3 ta avtobus yoʻnalishlarini (Nazarbek, Mineral Suvlar, Uchqaxramon) tashkil etish.
Shahar atrofi yoʻnalishdagi temir yoʻl yoʻlovchi elektropoyezdalari (Chirchik Xojikent, Yangiyoʻl Sirdaryo, Angren yoʻnalishlarida) qatnovlarini ish vaqtini qayta koʻrib chiqish, shahar jamoat transporti tarif rejasiga integratsiya qilish, temir yoʻl stansiyalarida yoʻlovchilar uchun qulay, xavfsiz va toʻsiqsiz muhit yaratish.
Vazirlik, idora va davlat tashkilotlari ish tartibini (ish boshlash va tugash vaqti), yaʼni ishni boshlash va tugatish vaqtini bir maromda soatlar kesimida taqsimlash orqali tigʻiz soatlardagi transport va yoʻlovchi yuklamasini kamaytirish.
Shahardagi katta yuklamada ishlayotgan barcha svetofor obyektlarda harakat tashkil etishni hamda svetofor fazalarini qayta koʻrib chiqish.
Uzoq muddatli choralar
Umumiy uzunligi 472 km. boʻlgan transport doimiy harakatlanadigan asosiy arteriyalar hisoblangan koʻchalarda, jamoat transporti harakat ustuvorligi, bekatlar va piyodalar uchun qulay va xavfsiz infratuzilma, transport oqimini samarali muvofiqlashtirilgan boshqaruvi (aqilli svetoforlar) tizimlarini oʻz ichiga olgan kompleks tadbirlarni amalga oshirish.
Yoʻnalishlarda avtobuslar samaradorligini oshirish, yoʻlovchilarning harakatlanishga sarflaydigan vaqtlarini kamaytirish maqsadida, qisqa masofali yoʻnalishlarni joriy etish.
Tirband koʻchalarda avtobuslar xarakat xavfsizligini taʼminlash, xarakatlanishda yoʻqotilayotgan vaqtni kamaytirishga qaratilgan, faqat toʻgʻri magistral koʻchalarda xarakatlanadigan yoʻnalishlarni joriy qilish.
Shaxarga aglameratsiyadan kunlik kirib keladigan, xamda yetkazib beruvchi va magistral yoʻnalishlar kesishgan joylarda yoʻlovchilar uchun qulay xavfsiz muhitni (katta bekatlarni) yaratish.
Shaharda yuk transporti harakatini cheklash va TXAY boʻylab aylanma harakatlanishga yoʻnaltirish, shahar ichidagi yuk transporti harakatlanadigan vaqti va yoʻllarini aniq belgilab berish.
Avtomobil yoʻlining temiryoʻl bilan kesishmalarida, transport bogʻliqligiga talab yuqori boʻlgan (belgilangan kriteriyalar asosida aniqlangan) hududlarda kanallar ustidan hududlarni bogʻlovchi koʻprik va yoʻl oʻtkazgichlarni qurish.