Bunda sotuvlarning:
- 87,9% - birja savdolari;
- 1,3% - koʻrgazma-yarmarka savdolari;
- 10,4% - elektron davlat xaridlari;
- 0,4% - avtoraqamlarning onlayn-auksioniga toʻgʻri kelgan.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 670,8 mlrd soʻmni tashkil qilgan. Davlat xaridlari tizimlarida oʻtkazilgan elektron savdolar natijasida byudjet va korporativ buyurtmachilarining qariyb 34,2 mlrd soʻmlik mablagʻlari tejalgan.
Koʻrib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 3 770 ta avtoraqamlar sotildi, sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 8,3 mlrd soʻmni tashkil qildi.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning:
- 10,5% birinchi toifadagi avtoraqamlarga;
- 14,6% ikkinchi;
- 9,0% uchinchi;
- 12,7% toʻrtinchi;
- 16,9% beshinchi;
- 36,3% oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.
Birja savdolari
Koʻrib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 1 623,9 mlrd soʻmlik tovar resurslari sotildi. Sotuvchi korxonalar mahsulotlarni tasdiqlangan jadvallarga rioya qilgan holda birja savdolariga qoʻyishdi, shu jumladan:
Shakar
Birjaning shakar bozorida narxlar biroz oʻsdi. Hafta davomida birja savdolariga 12 790,0 tonna shakar qoʻyildi va ulardan barcha hajmi, yaʼni 100% sotildi. Oʻrtacha xaridorlar soni 149 kishini tashkil qildi.
Koʻrib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 7 650,4 ming soʻmdan 7 704,0 ming soʻmgacha, yaʼni 1% ga oʻsgan.
Oʻtkazilgan birja savdolari natijasida mahalliy shakarning 3-kategoriyasi boʻyicha shakllangan oʻrtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 7 716,6 ming soʻmni tashkil etdi.
Sement
Birjaning sement bozorida ichki talabning oʻsishiga qaramasdan narxlar pasayishni davom etmoqda. Oʻtgan hafta mobaynida birja savdolariga 303 029,0 tonna sement qoʻyildi va ulardan 183 639,0 tonnasi, yaʼni 60,6% sotildi. Oʻrtacha kunlik sotuv hajmlari 36,7 ming tonnani tashkil qildi.
Koʻrib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari boʻyicha shakllangan kunlik oʻrtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 533,6 ming soʻmdan 521,0 ming soʻmgacha, yaʼni 2,4% ga pasaydi.
Benzin
Oʻtgan haftada birjada avtomobil benzinining narxi biroz koʻtarildi. Narxlarning oshishiga sotuvchi-korxonalar tomonidan boshlangʻich narxlarning koʻtarilishi sabab boʻldi.
Xususan, koʻrib chiqilayotgan davrda sotuvchi-korxonalar AI-80 markali avtomobil benzinining boshlangʻich narxlarini mahsulotning bir tonnasi uchun oʻrtacha 6 863,3 ming soʻmdan 6 970,8 ming soʻmgacha koʻtarishdi.
Shu munosabat bilan, AI-80 markali avtomobil benzinning oʻrtacha kunlik narxi ham mos tarzda 6 958,6 ming soʻmdan 7 047,1 ming soʻmgacha koʻtarildi.
Koʻrib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning oʻrtacha haftalik kotirovkasi 7 010,6 ming soʻmni, AI-91 – 8 158,6 ming soʻmni tashkil etdi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-apreldagi PQ-4664-son qaroriga muvofiq “Oʻzbekneftgaz” AJ tasarufidagi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan birja savdolariga qoʻyiladigan avtomobil benzinining boshlangʻich narxlari, jahon birjalardagi Brent neftining kotirovkalaridan kelib chiqib shakllanadi.
Turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinining bir tonnasi oʻrtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.