U pandemiyaga qarshi kurashda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin dedi, — Antoniu Guterrish.
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasiga imkon qadar tezroq sertifikat berishiga ishonyapti. U TASSga bergan eksklyuziv intervyusida “Hozir Rossiya hukumati va JSST rahbariyati oʻrtasida muzokara ketayotganini bilaman, va ishonamanki, bu aloqalar Rossiya vaksinasining JSST tomonidan tezroq tan olinishiga va sertifikatlanishiga olib keladi”, — degan.
“ Yagona shart shundaki, biz faqat JSST tomonidan tasdiqlangan vaksinadan foydalanishimiz mumkin. Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi BMT missiyalarida eng himoyaga muhtoj joylarda, xodimlarimiz uchun, qolaversa, tinchlik oʻrnatilishiga qaratilgan operatsiyalarimiz davomida biz qoʻllab turgan mahalliy aholi uchun vaksina zarur boʻlgan joylarda qoʻllanilishi mumkin va u pandemiyaga qarshi kurashda muhim rol oʻynaydi”, — deb fikr bildirgan Guterrish.
Oʻtgan yili sentyabrda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin BMT Bosh Assambleyasida translyatsiya qilingan nutqida Rossiya BMT xodimlarini “Sputnik V” vaksinasi bilan bepul taʼminlashga tayyor ekanligi haqida eʼlon qilgan.