Bitta keramik plita, ikkita zamonaviy chinni buyumlar korxonasini ishga tushirish vazifasi qoʻyildi
Hukumat
16 fev 2024, 15:33
804
Andijon tumanida gʻisht va cherepitsa xomashyosi, Ulugʻnorda silikat qum, Marhamatda bazalt, Buloqboshida marmar, gʻisht va cherepitsa xomashyosi hamda ohak zaxiralaridan unumli foydalanib, 20 ta konni auksionga chiqarish va 150 million dollarlik loyihalarni shakllantirish muhimligi koʻrsatib oʻtildi.
Bu loyihalar infratuzilmasiga 100 milliard soʻm ajratilishi belgilandi.
Bundan tashqari, qoʻshni davlatlarda 500 million dollarlik chinni bozori bor. Shu munosabat bilan Buloqboshida keramik plita, Marhamat va Baliqchida 2 ta zamonaviy chinni buyumlar korxonasini ishga tushirish vazifasi qoʻyildi.