Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmati maʼlum qildi. Xabarga koʻra, mazkur koʻcha hududida yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini oʻtkazish ishlari olib boriladi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahridagi isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash maqsadida Yakkasaroy tumanining Bobur koʻchasi Shota Rustaveli koʻchasi bilan kesishmasidan Nukus koʻchasi bilan kesishmasigacha boʻlgan qismida 110 kV li yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini oʻtkazish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli, joriy yilning 18-sentyabridan 15-oktyabrga qadar Bobur koʻchasining ushbu qismida avtotransport vositalarining harakati cheklanadi.