Toshkent shahrida bochcha sport turi boʼyicha Oʼzbekiston ochiq chempionati boʼlib oʼtdi.
Ushbu musobaqada yurtimizning turli xududlaridan jami 30 nafarga yaqin jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʼlgan sportchilar ishtirok etdi.
Musobaqa yurtimizda yangi rivojlanayotgan sport turlaridan biri hisoblangan – bochcha boʼyicha birinchi Oʼzbekiston chempionati sifatida tarixga kirdi.
Unda quyidagi sportchilar gʼolib va sovrindorlar qatoridan joy oldi:
BC1 (erkaklar):
1.Husan Rasulov
2.Hasan Toshpoʼlatov
3.Ogʼabek Egamberdiyev
BC1 (ayollar):
1.Munira Аbdullayeva
2.Saodat Sultonova
3.Dilafruz Ergashboyeva
BC2 (erkaklar):
1.Nizom Hayriddinov
2.Jasur Xodjayev
3.Аnton Nedvig
BC2 (ayollar):
1.Tursunoy Bebitova
2.Rayhona Toshmatova
3.Dinnura Аbdukabirova
Musobaqaning taqdirlash marosimida Oʼzbekiston Milliy paralimpiya qoʼmitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev ishtirok etib, barcha sportchilarni tabrikladi hamda ularni kelajakda nufuzli musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga chorladi.
Musobaqa gʼolib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan medalь, maxsus diplom va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi.
"Ta’kidlash kerakki, ushbu O‘zbekiston ochiq chempionati kelajakda bochcha sport turi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasiga a’zo va nomzod sportchilarni saralab olishda muhim ahamiyat kasb etadi", deyiladi Milliy Paralimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmati xabarida.