Bog‘ va tokzorlar nega buzildi?

    312 gektar tokzorlar yangidan bog' qilishga tayyorlandi.

    Toshkent viloyatida ayni vaqtda fermer xoʻjaliklari ixtiyoridagi mavjud tokzorlar 12 ming 801 gektarni tashkil etadi. Shundan 9 ming 204 gektari hosilli va 3 ming 597 gektari yangidan tashkil etilgan boʻlib, bu maydonlarda 127 ming tonna eksportbop uzum yetishtirish imkoniyati bor. Bu yilgi biroz noqulay iqlim sharoitida 75 ming tonna atrofida xoʻraki va sanoatbop uzum yetishtirildi.

    Viloyatda 2020-2021-yilda jami 1 ming 307 gektar iqtisodiy samara bermayotgan yaroqsiz bogʻlarni buzish, ular oʻrnida intensiv agrotexnologiyalar asosida yangi mevali bogʻlar barpo etish rejalashtirilgan boʻlib, shundan oʻtgan vaqt mobaynida rejadagi ishlar toʻliq uddalandi.

    Shu jumladan, yaroqsiz holga kelgan va samara bermayotgan jami 312 gektar tokzorlar yangidan bogʻ qilishga tayyorlandi.