Qayd etilishicha, holat Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tezkor ekologik nazorat guruhi tomonidan oʻrganildi. Oʻrganish natijasida voqea Piskent tumanidagi MTMlaridan birida tumanning Birlik MFYda yashovchi J.X. tomonidan sodir etilganligi, u tomosha uchun 2 ta zaharli kobra ilonidan foydalanganligi maʼlum boʻldi.

J.X.ga tegishli ilonlar Toshkent hayvonot bogʻiga topshirildi. Ish yuzasidan toʻplangan hujjatlar esa holatga huquqiy baho berish va tegishli chora koʻrish maqsadida sud organlariga topshirildi.

Maʼlumot uchun, Vazirlar Mahkamasining “Yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida yovvoyi hayvonlarni jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlash, shuningdek, ulardan sirk tomoshalarini oʻtkazish maqsadlarida foydalanish taqiqlanishi belgilab qoʻyilgan. Shuningdek, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunning 43-moddasida ham bu holat alohida qayd etilgan.