Bogʻchada ekologik bogʻ boʻlishi kerak

    Saylov 25 Sentabr 2021 1402

    Samarqanddagi uchrashuvda oʻz saylovoldi dasturi bilan chiqish qilgan Oʻzbekiston Prezidentligiga nomzod N.Oblomurodovga saylovchilar bir qator masalalar yuzasidan savol va takliflarini bildirdilar.

    Jumladan, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi, qoraqalpogʻistonlik U.Xoʻjaahmedov yoʻrgʻa tuvaloqni koʻpaytirish, pastdargʻomlik saylovchi B.Nurmuhammedov taʼlim muassasalarida ekologiya fanini uzluksiz oʻqitishni taklif qildi.

    Kattaqurgʻon tumanidagi 3-maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori Latofat Qodirova esa bogʻchalar hovlilarida ekologik bogʻlar tashkil etish boʻyicha oʻz fikrlarini bildirdi.

    – Barcha shahar va qishloqlarimizdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari hovlisida albatta ochiq yoki koʻkalamzorlashtirilgan, gul va daraxtlar ekilgan maydonlar bor – deydi L.Qodirova. – Ana shu joylarga ekologik bogʻ, deb nom berib, ularni oʻsimlik dunyosi bilan boyitsak, bu ham bolalarimizni yoshligidan tabiatni, atrof-muhitni asrab-avaylashga daʼvat etishga yaxshi turtki boʻladi.

    N.Oblomurodov har bir taklif va tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashi hamda ularni amalga oshirish uchun partiya tomonidan zarur chora-tadbirlar koʻrilishini maʼlum qildi.

    Samarqanddagi uchrashuvda oʻz saylovoldi dasturi bilan chiqish qilgan Oʻzbekiston Prezidentligiga nomzod N.Oblomurodovga saylovchilar bir qator masalalar yuzasidan savol va takliflarini bildirdilar.