Bugungi kunda Toshkent shahri atrofida 1314 gektar maydonda faoliyat yuritayotgan 631 ta issiqxonaning 60 foizi koʻmirdan foydalanmoqda. Oʻzbekiston ekologik partiyaning maʼlum qilshicha, shahar havosining yomonlashuvida issiqxonalarning ham zarari katta.
Shuningdek, havoning ifloslanishiga koʻplab sanoat korxonalarida uskunalarning maʼnan eskirgani va aksariyat korxonalar zamonaviy filtrlar oʻrnatish ishlari yetarli darajada amalga oshirilmayotganligi sabab boʻlmoqda.
«Oʻzbekiston Ekologik partiyasi atmosfera havosi ifloslanishiga oid har qanday holatdan chuqur xavotirda ekanini bildiradi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi va Bosh prokuratura tomonidan bu muammoga qarshi tezkor choralar koʻrish zarurligini taʼkidlaydi va belgilangan tartibda deputatlik soʻrovini kiritadi« deyiladi partiya xabarnomasida.
Shuningdek, Toshkent shahar havosi ifloslanishi bilan bogʻliq muammolarni bartaraf etish uchun tizimli ravishda deputatlik va jamoatchilik nazoratini olib borishini qoʻshimcha qildi.