Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur qonun loyihasi bilan mamlakatimizda chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish boʻyicha yagona davlat siyosatini yuritish, hayvonlarda yuqumli kasalliklarning oldi olish hamda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash masalalari nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, hayvonlarning hisobini yuritish, hayvonlarning nasli bilan bogʻliq va ularning sogʻligi toʻgʻrisidagi yagona elektron tizim yaratilishi belgilanmoqda. Hayvonlarni identifikatsiya qiluvchi, roʻyxatga oluvchi va kuzatuvchi mutaxassislarining, identifikatsiya raqamini saqlovchi atribut ishlab chiqaruvchi va hayvon egalarining huquq va majburiyatlari ham belgilanmoqda.
Deputatlar qonun loyihasini koʻrib chiqish chogʻida unda belgilayotgan normalar chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish boʻyicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish, tashqi va ichki bozorlarni sifatli chorva mahsulotlar bilan taʼminlash, veterinar osoyishtalikni taʼminlashga xizmat qilishini alohida taʼkidladilar. Qonun loyihasini takomillashtirish boʻyicha qator takliflar berilib, qoʻllab-quvvatlandi.
Kun tartibidagi masalalar atroflicha koʻrib chiqilib, fraksiyaning tegishli qarori qabul qilindi.