Shu yilning 18-avgust kuni soat 21:40da Boʻka tumani hududidan oʻtgan yer osti yuqori bosimli gaz quvuriga avtotransport vositasi (ekskavator) tomonidan shikast yetkazilishi natijasida tumandagi barcha isteʼmolchilarda tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatildi. Bu haqda Energetika vazirligi maʼlum qildi.

  • Aholi xonadonlar soni – 12 512 ta;
  • Ulgurji isteʼmolchilar soni – 267 ta.

Hozirda gaz taʼminoti xodimlari tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Taʼmirlash ishlari yakunlangach tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.