Ozarbayjon Fan va Taʼlim vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi tomonidan amalga oshirilayotgan OCEP loyihasi doirasida joriy yilning 21-25-mart kunlari Boku shahridagi 53-umumtaʼlim maktabi oʻqituvchilari va iqtidorli oʻquvchilaridan iborat delegatsiya Oʻzbekistonga tashrif buyurdi.
Safar davomida Boku shahridagi 53-umumtaʼlim maktabi delegatsiyasi Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazida ham boʻldi.
Xususan, maktab direktori Tunzala Zeynalova rahbarligidagi oʻqituvchi hamda oʻquvchilardan iborat jamoa, Milliy Olimpiya Qoʻmitasi Xalqaro Dasturlar Boʻlimi maslahatchisi Jayhun Rahmonov, OCEP loyihasi koordinatori Namig Jafarovlar Toshkentdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi bilan yaqindan tanishdi.
Mehmonlar Ozarbayjon Madaniyat markazida joylashgan Umummilliy Lider Haydar Aliyev byusti va Shahidlar xotira kompleksini ziyorat etishdi.
Delegatsiyani Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori Samir Abbasov qabul qildi. Diplomat mehmonlarga madaniyat markazi faoliyati toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berar ekan, milliy Lider Haydar Aliyev nomidagi Madaniyat markazining Ozarbayjon-Oʻzbekiston doʻstlik aloqalari va madaniy munosabatlarni rivojlantirish yoʻlidagi faoliyati haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.
Delegatsiya Haydar Aliyev tavalludining 100-yilligi munosabati bilan Ozarbayjon Madaniyat markazida ochilgan Ozarbayjon-Oʻzbekiston Doʻstlik muzeyi, shuningdek, Haydar Aliyev, Ozarbayjon tarixi va Gilam muzeylari bilan ham tanishdilar.Safar doirasida Boku shahridagi 53-umumtaʼlim maktabi jamoasi Toshkent shahridagi Prezident Maktabida ham boʻlib, bu yerda yaratilgan taʼlim imkoniyatlari, maktabning ilgʻor tajribalari bilan tanishishdi.
Ozarbayjon oʻrta maktabi boʻlgan Boku shahar 53-sonli oʻrta maktabi ila Oʻzbekistonning Toshkent shahridagi Al Beruniy nomidagi Xalqaro oʻrta maktablari oʻrtasida bilan birinchi marta Qardoshlashgan maktablar toʻgʻrisidagi shartnoma imzolanishi koʻzda tutilmoqda.