Qayd etilishicha, mazkur virusning belgilari ham, asoratlari ham gepatitniki bilan juda oʻxshash. Ammo tekshiruvlarda u gepatitning hech bir, yaʼni A, B, S, D va E turlariga mansub emasligi maʼlum boʻldi.
Hozirgacha bu xastalikka chalingan bolalar soni Buyuk Britaniyada 114, Ispaniyada 13, AQSHda 9, Daniyada 6, Irlandiyada 5, Isroilda 2 nafarni tashkil etmoqda. Niderlandiya va Italiyada ham 4 nafardan oʻgʻil-qizda infeksiya aniqlandi. Qolaversa, Fransiya va Norvegiyadan ikki nafardan, Belgiya hamda Ruminiyada esa bir nafardan bemorda virus qayd etildi.
Tahlillarga koʻra, bemorlar orasida bir oylik chaqaloqdan 16 yoshli oʻcmirlargacha bor. Eng yomoni, ulardan bir nafari kasallik asoratlari tufayli hayotdan koʻz yumdi.
Umuman, hozir infeksiyani yuqtirganlarning oʻn foizi hayoti jiddiy xavf ostida. Ularda tezkor jigar transplantatsiyasi oʻtkazish talab etilmoqda.
JSSTning bayonotida xastalik qorin ogʻrigʻi, diareya, qayt qilish singari alomatlar bilan namoyon boʻlayotgani aytiladi. Aksariyat hollarda yuqori tana harorati kuzatilayotgani yoʻq.
Ammo dastlabki tahlillarga koʻra, 74 nafar bemor bolada adenovirus asoratlari kuzatilgan. Shunga qaramay, mutaxassislar kasallikning kelib chiqishi qaysidir turga mansub mavjud viruslar bilan bogʻliq, degan aniq xulosani aytishga shoshilgani yoʻq.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.