21-fevral kuni soat 12-10 larda Qarshi shahrida yashagan 22 yoshli yigit (“Alfraganus University” oliy taʼlim muassasasining talabasi) ota-onasi bilan yashab kelgan uydan sababsiz chiqib, “Navo” mahallasida joylashgan koʻp qavatli uyning yuqori qavatidan oʻzini tashlab yuborgan

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish oʻtkazildi.

Tekshirish davomida 2019-yilda marhum yigitning ruxiyatida oʻzgarish boʻlgani sababli klinikada davollangani, shu davrda ham oʻz joniga qasd qilishga urungani aniqlandi.

Tekshirish davom etmoqda.