Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Boʻstonliq tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar M. A. va Yu.M. foydalanuvida boʻlgan “Lacetti” rusumli avtotrasport vositasi saloni koʻzdan kechirildi.
Salonda 52 dona 100 ming soʻmlik, 19 dona 50 ming soʻmlik va 11 dona 200 ming soʻmlik qalbaki kupyuralar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.