Botir Qodirov yana javobgarlikka tortildi

    Ijtimoiy hayot 6 May 2025 998

    Xonanda Botir Qodirov bir qator qoʻshiq soʻzlaridan egasining ruxsatisiz hamda tegishli tartibda mualliflik haqini toʻlamasdan foydalangan.

    Intellektual mulk departamentining xabar berishicha, xalqimiz orasida “Abdussamiy” taxallusi bilan bilan tanilgan shoir Shohruh Abduvohidovga tegishli “Qizgʻanaman”, “Soʻnggi nafasgacha”, “Sogʻindim yomonhamda “Dildora nomli sheʼrlar xonanda Botir Qodirov tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda mualliflik haqini toʻlamasdan foydalanilgan.

    Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

    Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tuman sudining qaroriga koʻra, huquqbuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining ikkinchi qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 8 (sakkiz) baravari miqdorida – 3 000 000 (uch million) soʻm jarima jazosi tayinlandi.

    Eslatib oʻtamiz, Botir Qodirovda bu birinchisi emas. Avvalroq shoir “Shamsiddin Sadoiy“ning Adliya vazirligiga qilgan murojaati asosida “Davlating borida“, “Omonat“ va “Tingla doʻstim“ nomli sheʼrlari xonanda Botir Qodirov tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda mualliflik haqini toʻlamasdan foydalanilganligi aniqlanib, Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tuman sudining qaroriga koʻra, huquqbuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 5 (besh) baravari miqdorida – 1.875.000 (bir million sakkiz yuz yetmish besh ming) soʻm jarima jazosi tayinlangan edi.