Qayd etilishicha, shu yilning 10 oyi davomida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 59-2-moddasi (oilaviy (maishiy) zoʻravonlik) bilan 15 427 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.
Ularning 9 210 nafariga jarima jazosi, 6 217 nafariga esa maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanilgan.
Shuningdek, Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (oilaviy (maishiy) zoʻravonlik) bilan 399 nafar shaxs sudlanib, ularning 126 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 255 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinlangan. 18 nafar shaxs shartli hukm qilingan.