Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB axborot xizmati holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 6-yanvar kuni taxminan soat 19:00 larda 1986-yilda tugʻilgan A.A. oʻzining boshqaruvchidagi Nexia-3 rusumli avtomashinada Shayxontohur tumani Islom Karimov koʻchasida harakatlanayotgan vaqtida BYD rusumli avtomashina haydovchisi bilan oʻzaro yoʻl talashgan.

Natijada BYD rusumli avtomashina haydovchisi 1982-yilda tugʻilgan S.A. yoʻlning qatnov qismida toʻxtab, A.A. bilan jamoat joyida – yoʻlning qatnov qismida oʻzaro urishib, jamoat tartibini buzgan. Janjal oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-modda (“Mayda bezorilik”) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrishlik uchun jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudiga yuborildi.