Tuman hokimi, senator Dilfuza Oʻrolova Boyovut tuman gʻallakorlari gʻalla oʻrim-yigʻim mavsumini yakdillik bilan tizimli tashkil etishi samarasi oʻlaroq yuqori marralarga erishildi.

Erilishgan yutuqda gektaridan 45-50 sentnerdan hosildorlikka erishgan “Baxt nur chorva”, “Ergash ota avlodlari GʻISHS”, “Bekzod Obloqulov”, “Parizod”,“Joʻrabek Jumanazar oʻgʻli”, “Mulla Xoliqul bobo”, “Sayxun”, “Axmadiy”, ”Shoyzoq ota” kabi fermer xoʻjaliyelarining hissani katta boʻldi.

Bugungi gʻalabadan ruhlangan fermerlar dalalaridagigʻallani soʻnggi misqoli qolguncha oʻrib olishga bor kuchini safarbar qilgan. Hali dalalarda hosil borligini inobatga olib, hosildorlikni 27,5 sentnerga yetkazish yoʻlida astoydil mehnat qilishmoqda.

Tumanning fidokor dexqonlari barcha imkoniyatlarni ishga solib va kunlik oʻrimni susaytirmasdan yaratilajak ulkan gʻalla xirmoniga don topshirishni davom etdiradilar.