Seminarda Mirishkor tumani hokimi Fayzullo Gʻulomov, Qishloq xo'jaligi vazirligi Departamenti boshlig'i – Respublika Ishchi guruhi rahbari Komil Sobirov, Qishloq xo'jaligi boshqarmasi boshlig'i Obloyor Boymirov, 2-sektor rahbari Sardor Nazarov, tuman hokimining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari Jahongir Abdinazarov, klasterlar rahbar xodimlari, qishloq xo'jaligi sohasi vakillari va fermer xo'jaliklari raislari ishtirok etishdi.
Dastlab, tuproq unumdorligini oshirish uchun foydalaniladigan preparatlarning ko'rgazmasi o'tkazilib, ular to'g'risida maʻlumot berildi.
Seminarda so'zga chiqqan tuman hokimi Fayzullo Gʻulomov endigi vazifa – g'alla ekish ishlarini ob-havoning qulay paytlaridan unumli foydalanib, qisqa fursatlarda va sifatli ekib tugallash ekanligini taʻkidladi.
Seminar yakunida jonliq so'yilib, duoga qo'l ochildi va ezgu niyatlar bilan g'alla ekish ishlariga start berildi.