Oʻzbekiston gʻallakorlari 8,1 million tonnalik xirmon uydilar

    Agrosektor 15 Iyul 2023 1569

    Respublika gʻallakorlari koʻzlangan marrani bosib oʻtdilar – mamlakatimiz gʻalla maydonlarida jami 8,1 mln tonnadan ziyod don yetishtirildi.

    8,1 mln tonnalik choʻqqini zabt etishda respublika fermer xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi korxonalari yuqori hosildorlik namoyish etdilar – suvli maydonlarda oʻrtacha hosildorlik 70,5 sentnerdan ortdi.

    Bu yilgi mavsumda 75 ta tijorat vakillari tomonidan 2 722 ming tonna don jamgʻarildi. Shundan 2 456 ming tonnasi tovar don (1 305 ming tonna davlat resurslariga xarid qilish va 1 151 ming tonna birja savdolarida sotish uchun vaqtincha saqlash uchun) boʻlsa, 265,6 ming tonna (110%) sara urugʻlik don 2024-yil hosili uchun olib qoʻyildi.

    Yuqori hosildorlik omillari qatorida agrotexnik tadbirlarning oʻz vaqtida va toʻgʻri tashkil etilganligi, yuqori unumdor navdli urugʻlar tanlanganligini keltirish oʻrinli. Chunonchi, ekish, parvarishlash va yigʻim-terim ishlarining oqilona tashkil qilingani tufayli, gʻalla hosildorligi Buxoro viloyatida 74,8 s/ga,Toshkentda 74,2 s/ga, Samarqandda 73.8s/ga,Fargʻonada 73,7 s/ga, Andijonda 73,5 s/ga, Xorazm 73s/ga Surxondaryoda 72,3 s/ga, Sirdaryoda 72,1 s/ga, Namanganda 72,6s/ga ni tashkil qildi.

    Hosildorlikni oshirish maqsadida biologik eskirgan navlar oʻrniga yangi yuqori hosilli, ob-havoning noqulay sharoitlariga chidamli 12 ta (shundan, 8ta mahalliy) kuzgi bugʻdoy navlarining maydoni 585 ming gektarga kengaytirildi.

    Ekish mavsumi oʻtgan yillarga nisbatan 10-12 kun erta yakunlanib, oktyabrning uchunchi 10 kunligi va noyabr oyidagi yogʻingarchiliklar hisobiga asosiy gʻalla maydonlarini tuproqning tabiy namiga undirib olindi.

    Gʻalla hosilini uyushqoqlik bilan qisqa muddatlarda oʻrib-yigʻib olish uchun 2 557ta gʻalla oʻrish otryadlari tashkil etilib, 3 205 ta yuqori unumli kombayn, 14 725 ta yuk avtomobili, 1 000 ta traktor tirkamasi ishga solindi. Oʻrim-terim ishlarini talab darajasida tashkil etish, texnikani soz holatda saqlash uchun 1 261 ta koʻchma ustaxona va 1 134 ta yonilgʻi quyish shoxobchalari biriktirildi.

    Gʻallaning rivojlanish fazalari va navlarining pishish holatidan kelib chiqib, Surxondaryo viloyatida 22 may, Qashqadaryoda 24-may, Sirdaryo, Toshkent va Buxoroda 29-may, Jizzaxda 31-may hamda Fargʻona va Navoiyda 2-iyun, Andijon, Samarqand va Xorazmda 5-iyun hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida 8-iyundan gʻalla oʻrim ishlariga kirishildi.

    Hosildorlik koʻrsatkichi oʻrtacha har gektaridan 71-73 sentnerni tashkil etayotgan boʻlsa, Kitob, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Uchqoʻrgʻon, Pop, Toʻraqoʻrgʻon, Mirzachoʻl, Paxtakor, Qamashi, Norin, Oltinsoy, Sariosiyo, Denov, Jarqoʻrgʻon, Qumqoʻrgʻon, Muzrobod, Termiz, Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo, Buvayda, Dangʻara, Quva, Oltinariq va Furqat tumanlarida oʻrtacha 76-80 s/ga yetgan.

    Ayniqsa, Mirzachoʻl tumanidagi “Ogʻabek Sobirovich”, Uchqoʻrgʻondagi “Farhod zamin tolasi”, “Toshpoʻlot hoji ota”, Kattaqoʻrgʻondagi “Jamolov Lutfullo dalalari”, Angordagi “Ikki doʻst Surxon Angor”, Jarqoʻrgʻondagi “Otaqum Umidli Baraka”, “Mirkamol Dostonovich”, “Toshmurod bobo Abdulloh”, Qumqoʻrgʻondagi “Xurshid Joʻrayev”, Boyovutdagi “Bekzod Obloqulov”, “Mehnatkashga omad yor”, “Sayohat zavqi”, Bekoboddagi “Boqiyeva Nazira agro”, Yuqori Chirchiqdagi “Ibrohim agro fayz”, Buvaydadagi “Alqor agrotex”, “Buyuk Zafar”, Quvadagi “Komiljon Dilafuruz Ismigul” fermer xoʻjaliklari 95-100 sentner hosildorlikka erishib, oʻlkamiz gʻallakorlari uchun namuna boʻldilar.

    Bu kabi ijobiy natijalarni yurtimiz qishloq xoʻjaligida amalga oshirilayotgan islohotlar nsamarasi oʻlaroq, fermer xoʻjaliklaridamanfaatdorlik yildan-yilga oshib borayotgani; agrotexnik tadbirlar oʻz vaqtida, zamonaviy usullarni qoʻllagan holda oʻtkazilayotgani bilan izohlash mumkin.