Oʻzbekistonda 2022-yilda ikkinchi marta turistik charter poyezdi harakatlanadi

    Transport 8 Oktabr 2022 1316

    2022-yil 7-18-oktyabr kunlari Olmaota – Toshkent – Qamashi – Kitob – Samarqand - Xiva – Buxoro – Xoʻjand – Toshkent yoʻnalishida bu yil ikkinchi “𝗢𝗿𝗶𝗲𝗻𝘁 𝗦𝗶𝗹𝗸 𝗥𝗼𝗮𝗱 𝗘𝘅𝗽𝗿𝗲𝘀𝘀” nomli turistik charter poyezdi harakatlanadi.

    Mazkur turistik charter poyezdi xalqaro turizmni rivojlantirish maqsadida Germaniyaning “Lernidee Erlebnisreisen” turistik kompaniyasi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamkorligida tashkil etilmoqda.

    Turistik charter poyezdi Yevropa Ittifoqi va boshqa bir necha davlatlar sayohatchilariga xizmat koʻrsatadi. Yaʼni Fransiya, Gollandiya, Belgiya, AQSH, Germaniya, Avstriya, Buyuk Britaniya va Kanada davlatlari.