Isroilning Oʻzbekistondagi elchixonasining xabar berishicha, “Fly Khiva” aviakompaniyasi tomonidan Iordaniyaning Akaba shahridan Toshkentga charter reys (FKH9902) tashkil etilmoqda.
Akaba shahridan uchish: 24-iyun kuni soat 19:10 da. Toshkentga yetib kelish esa poytaxt vaqti bilan 25-iyun soat 02:40 ga toʻgʻri keladi.
Chegaradan oʻtish paytida amaldagi xorijga chiqish pasporti va barcha zarur hujjatlar boʻlishi lozim, deb eslatdi elchixona.
Aviachiptalarni xarid qilish, Iordaniya vizasini olish va Tel Avivdan Iordaniya chegarasigacha transfer xizmatlari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot uchun: +972 53−556−5254 (WhatsApp orqali ham aloqa qilish mumkin).
Dipmissiya reys vaqti aviakompaniya va mahalliy hokimiyatlar koʻrsatmalariga binoan oʻzgarishi mumkinligini qoʻshimcha qildi.




