BRIKSga a'zo davlatlar kosmosda qurol joylashtirilishining oldini olishga chaqirdi

    BRIKS mamlakatlari kosmik faoliyatning uzoq muddatli barqarorligini ta'minlash va kosmosda qurol-yarog' joylashtirilishining oldini olish tarafdori.

    BRIKSga a'zo davlatlarning “Global teng huquqli rivojlanish va xavfsizlikni ta'minlash uchun ko'p tomonlamalikni mustahkamlash” Qozon deklaratsiyasi Kreml saytida e'lon qilindi, deb xabar beradi ria.ru.

    “Biz kosmik faoliyatning uzoq muddatli barqarorligini ta'minlash va kosmosda qurollanish poygasining va kosmosda qurollarni joylashtirishni oldini olish, shu jumladan tegishli ko'p tomonlama huquqiy hujjatni qabul qilish bo'yicha muzokaralar orqali global xavfsizlikni ta'minlashni qo'llab-quvvatlashimizni yana bir bor ta'kidlaymiz”, deyiladi hujjatda.