Bu haqda 1-yanvar kuni assotsiatsiyaga raislik qilgan Braziliya tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytiladi.
“Braziliya hukumati bugun, 6-yanvar kuni Indoneziya Respublikasining BRIKSga to'laqonli a'zo sifatida rasman kirishini e'lon qildi”, deyiladi departament matbuot xizmati xabarida.
Bayonotda, shuningdek, Indoneziya nomzodi 2023-yil avgust oyida JARda bo'lib o'tgan Yoxannesburg sammitida “jamiyat [mamlakat] yetakchilari tomonidan ma'qullangani” qayd etilgan. “Braziliya Indoneziya hukumatini BRIKSga qo'shilganligi bilan tabriklaydi. Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng katta aholi va eng yirik iqtisodiyotga ega Indoneziya hamjamiyatning boshqa a'zolari bilan birgalikda global boshqaruv institutlarini isloh qilish tarafdori va global janubdagi hamkorlikni chuqurlashtirishga ijobiy hissa qo'shadi”, deyiladi bayonotda.
Avvalroq Rossiya TIV 2025-yildan boshlab bir qator davlatlar hamjamiyatning hamkor davlatlari sifatida BRIKSga qo'shilishi haqida xabar bergan edi, ular orasida Indoneziya ham bor edi. E'lon qilingan boshqa hamkorlar – Belarus, Boliviya, Qozog'iston, Kuba, Malayziya, Tailand, Uganda va O'zbekiston, deb xabar beradi tass.ru.