Лого Лого-пв-уз

    Bu hafta osmonda sayyoralar “paradi”ni kuzatish mumkin

    Osmon ochiq bo'lsa, paradni Yerning istalgan nuqtasidan ko'rish mumkin.

    NASA astronomlari bu haftada osmonda beshta sayyora to'planib, o'ziga xos “parad”ni hosil qilishi haqida aytmoqda. Ular Oyga eng yaqin joylashgan Merkuriy, Yupiter, Venera, Uran va Mars sayyoralaridir, deb yozmoqda AstroNews.ru.

    Olimlarning aytishicha, ushbu hodisani ko'rish uchun eng yaxshi kun — seshanba. Biroq boshqa kunlari ham osmonni kuzatib, sayyoralarning to'planishiga guvoh bo'lish mumkin.

    Buning uchun quyosh botgandan keyin g'arbiy ufqqa qarash kerak bo'ladi, — deydi NASA astronomi Bill Kuk. — Sayyoralar ufqdan tungi osmonning yarmigacha cho'ziladi. Ammo kechikmang: Merkuriy va Yupiter quyosh botganidan taxminan yarim soat o'tgach, ufq ostida tezda g'oyib bo'ladi. Osmon ochiq bo'lsa, paradni Yerning istalgan nuqtasidan ko'rish mumkin. Sizga durbin kerak bo'lishi mumkin. Yupiter, Venera va Marsni ko'rish juda oson, chunki ular juda yorqin. Venera osmondagi eng yorqin jismlardan biri bo'ladi va Mars Oyning yonida o'tirib, qizg'ish nur chiqaradi. Merkuriy va Uranni aniqlash qiyinroq, chunki ular xiraroq. Bu odatda ko'rinmaydigan Uranni ko'rish uchun kamdan-kam imkoniyat. Venera tepasida uning yashil porlashiga e'tibor bering.

    Ma'lum bo'lishicha, osmonda vaqti-vaqti bilan turli xil sayyoralar guruhlari saf tortadi. O'tgan yozda ham beshta sayyoralar paradi bo'lib o'tgan. Joriy yilning iyun` oyida esa sal boshqacharoq tarkibga ega yana biri bo'ladi.

    Laziza ERMATOVA tayyorladi.