Bugun 5 nafar para atletimiz jahon chempionati medallari uchun bahslarga kirishadi

    Fransiya poytaxti Parij shahri para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

    Jahon chempionatining 3 kungi bellashuvlarida 5 nafar vakilimiz startga chiqadi. Ayni paytda delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 9 taga yetgan: 1 ta oltin, 6 ta kumush va 2 ta bronza.

    Bugungi bahslarda ishtirok etadigan sportchilarimiz ro‘yxati:

    Ayollar:

    Nurxon Qurbonova - F54 yadro uloqtirish

    Roziya Ergasheva - F46 nayza uloqtirish

    Erkaklar

    Bobur Omonov - F41 yadro uloqtirish

    Doniyor Saliyev - T12 uzunlikka sakrash

    Izzat Turg‘unov - T36 uzunlikka sakrash