Ayollar oʻrtasida F46 toifasida tashkil etilgan yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan 20 yoshli hamyurtimiz Karomat Omonova 13.07 m natija bilan barcha raqiblaridan ustun kelish barobarida Osiyo rekordini ham yangiladi.
Jahon chempionati:
- Ayollar oʻrtasida yadro uloqtirish dasturi (F46)
- Karomat Omonova (Oʻzbekiston) — 13.07 (Osiyo rekordi)
- Xolli Robinson (Yangi Zelandiya) — 12.86 (Okeaniya rekordi)
- Keti Pegg (Kanada) — 12.76
Omonovaning ishtirokidan soʻng medallarimiz soni 8 taga yetdi: 3 ta oltin, 4 ta kumush hamda 1 ta bronza. Bellashuvlar davom etadi.








