Bundan biroz avval ayollar oʻrtasida F54 klassida nayza uloqtirish dasturida ishtirok etgan hamyurtimiz Nurxon Qurbonova 20.73 metr natija bilan oltin medalga sazovor boʻldi.
Nurxon oʻtgan yili Parijda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ham ushbu yoʻnalishda oltin medal va “Parij-2024” yozgi Paralimpiya oʻyinlariga toʻgʻridan-toʻgʻri litsenziyani qoʻlga kiritgan edi.
Hozirga qadar Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ushbu jahon birinchiligida 5 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza, jami 9 ta medalni qoʻlga kiritdi.