Xanchjou-2022 Para Osiyo oʻyinlari gʻolibi Asila Mirzayorova 2023-yilda “Osiyoning eng yaxshi ayol para atleti” deb topildi

    Sport 27 Noyabr 2023 694

    Bugun Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida Osiyo Paralimpiya qoʻmitasining (APC) yakuniga yetib borayotgan joriy 2023-yil sarhisobi boʻyicha eng munosiblarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

    Quvonarlisi, Osiyo Paralimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti – Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayevning yurtimizda va Osiyo qitʼasida Paralimpiya harakatini rivojlantirishda qoʻshayotgan xizmatlari munosib baholandi va tashkilotning Osiyo ordeni bilan taqdirlandi.

    Yana bir ahamiyatli jihati, para yengil atletika boʻyicha Tokio-2020 yozgi Paralimpiya oʻyinlari sovrindori, jahon chempioni, Xanchjou-2022 Para Osiyo oʻyinlari gʻolibi Asila Mirzayorova esa qitʼaning “Eng yaxshi ayol para atleti”degan sharafli nomga sazovor boʻldi.

    Qitʼada eng yaxshi nomga munosib boʻlish bu mexnatlar samarasi, izlanishlar mukofotidir. Osiyo minbarlarida eʼtirof etilgan Oʻzbekiston paralimpiya qoʻmitasi raxbari Muxtorxon Tashxodjayev va paraatlet Asila Mirzayorovani ushbu eʼtirof bilan samimiy muborakbod etgan holda, ularga kelgusidagi faoliyatlarida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.