Izzat Turg‘unov Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

    Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tayotgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida sportchimiz oltin medalini qo‘lga kiritdi.

    Fransiyada davom etayotgan para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida uzunlikka sakrash T 36 klassi dasturida sportchimiz – Izzat Turg‘unov 5 metr 75 santimetr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi.

    Izzatbek oltin medal bilan bir qatorda, Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.