Avval xabar berganimizdek, ushbu bosqichda Oʻzbekiston terma jamoasi Yaponiya vakillarini qabul qiladi. Kecha ushbu qarama-qarshilik oldidan qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Unga koʻra, mazkur qarama-qarshilik doirasida quyidagi uchrashuvlar tashkil etiladi:

1-oʻyin: Denis Istomin (420-oʻrin) - Sho Shimabukuro (353-oʻrin),

2-oʻyin: Sergey Fomin (363) - Shintaro Mochizuki (387),

3-oʻyin: Sanjar Fayziyev/Denis Istomin - Kaito Uesugi/Yosuve Vatanuki,

4-oʻyin: Sergey Fomin - Sho Shimabukuro,

5-oʻyin: Denis Istomin - Shintaro Mochizuki.

Bugun dastlabki 2 ta oʻyin oʻtkaziladi. Bahslar Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabida soat 11:00 da boshlanadi.