Bugun, 7-noyabrda keng qamrovda qurilish-bunyodkorlik ishlari davom ettirilayotgan «Bukhara City» zamonaviy turar joy va savdo majmuasida yana bir turar-joy inshooti qurilishi boshlanishi uchun unga tamal toshi sifatida vaqt kapsulasini qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
«Amrullo stroy» MChJ ta'sischiligidagi 31-lot binosining tamal toshini qo‘yish tadbirida «Bukhara City» direksiyasi rahbariyati va mutasaddilari, loyiha tashabbuskorlari hamda quruvchi-pudratchi tashkilot vakillari ishtirok etdilar.
Shuningdek, mutasaddilar va investor bilan navbatdagi muloqotda «Bukhara City» majmuasidagi lotlar qurilish jarayonlari bilan tanishib, bu borada amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlar hamda loyihaning o‘z vaqtida va mukammal darajada yakunlanishi bo‘yicha fikrlashib oldilar, deb xabar beradi Buxoro viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Ma'lumot o‘rnida, umumiy maydoni 4 ming 695 kvadratni tashkil etgan 31-lot 8 qavatdan iborat bo‘lib, 84 xonadon istiqomat qilishiga mo‘ljallangan.