Bugun Kinematografiya agentligida S.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti vakillari bilan institutning Toshkentdagi filialini ochish boʻyicha uchrashuv tashkil etildi, deya xabar beradi Kinematografiya agentligi Axborot xizmati.

Agentlik rahbariyati, kinomutaxassislar, ijodkorlar ishtirokidagi uchrashuvda filial ochilishida amalga oshirilishi zarur boʻlgan ishlar boʻyicha taklif va tavsiyalar berildi.

Uchrashuv davomida shuningdek, talabalarning oʻqishini koʻchirish, sifatli taʼlimni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikda ijodiy tanlovlar va festivallar oʻtkazish, tayyorlov kurslarini tashkil etish va yoshlarni filmlar suratga olishida har tomonlama qoʻllab-quvvatlash kabi muhim masalalar oʻrtaga tashlandi.