Buvayda tumani fermerlari paxta yetishtirish shartnomaviy rejasini vodiyda birinchi boʻlib bajardi

    Пахтачиликда ўзига хос бой тажрибага эга бўлган Бувайда тумани фермерлари пахта етиштириш шартномавий режасини водийда биринчи бўлиб бажарди.

    Joriy yilda tumanda 4800 gektar maydonda gʻoʻza parvarish qilinib, "Prof tekst plyus" paxta-toʻqimachilik klasteri omborlariga jami 18000 tonnadan ziyod paxta hosili topshirildi.

    Tumanda "Donyor", "Alqor agrotexnika", "Patilaxon", "Saminjon ota ASK" kabi oʻnlab fermer xoʻjaliklari dala maydonlarida hosildorlik boʻyicha eng yaxshi koʻrsatkichlarga erishilib, yetishtirilgan hosilning aksar qismi yuqori navlarda sotildi. Yigʻim-terim mavsumi barcha terim otryadlari tomonidan yuqori saviyada tashkil etildi.